NeuroKey
IMKONIYAT · 02

1C, ESF va bankni solishtirish

Bank koʻchirmasi, ESF va 1C’ni qoʻlda qatorma-qator tekshirish shart emas. NeuroKey ularni hujjat raqami boʻyicha solishtiradi va har bir farqni summasi bilan koʻrsatadi.

Demo soʻrashNatija namunasi
Muammo

Bitta hisobni solishtirish qoʻlda ~4 soat oladi

Koʻchirmani yuklash, 1C’dan toʻlovlarni chiqarish, ikkala roʻyxatni bir jadvalga keltirish va farqni qatorma-qator qidirish. 2026-yildan ESF’lar real vaqtda xavf boʻyicha baholanadi.

Manba: APQC mediana; Soliq qoʻmitasi, PF-153

Yechim

NeuroKey bilan — soniyalar

Buyruq yozasiz. NeuroKey manbalarni oʻqiydi, dastur solishtiradi va jami farqni qayta tekshiradi. Natija Excel’da: har bir farq turi alohida varaqda.

Manba: NeuroKey sinov bazasi: 17–44 yozuv, 4,6–13,3 soniya (oktyabr 2026)

Misol

Buyruq va natija

Mart oyi ESF’larini 1C’dagi sotuvlar va bank tushumlari bilan solishtir, farqlarni Excel’ga chiqar
Solishtirish_ESF_mart.xlsx · namunaviy maʼlumot
HUJJATESF1CBANKNATIJA
ESF №0412 · Kontragent A12 400 00012 400 00012 400 000Mos
ESF №0415 · Kontragent B3 750 0003 570 0003 750 000Farqli summa: 180 000
ESF №0419 · Kontragent C8 000 000—8 000 0001C’da yoʻq
ESF №0423 · Kontragent D1 150 0001 150 000—Bankda yoʻq

Qanday ishlaydi

  1. Buyruq yozasiz

    Qaysi oy, qaysi manbalar — oddiy tilda.

  2. Maʼlumot oʻqiladi

    1C, bank koʻchirmasi fayli va ESF.

  3. Dastur solishtiradi

    Hujjat raqami boʻyicha; summalarni AI emas, dastur hisoblaydi.

  4. Hisobot tayyor

    Farq turlari alohida varaqlarda, jami farq qayta tekshirilgan.

Batafsil

Qaysi farqlarni topadi

Summasi mos kelmaydigan hujjatlar, faqat bir manbada bor yozuvlar va takroriy toʻlovlar. Uch va undan koʻp manba nomlansa, kompleks tekshiruv har bir muammo uchun tizim, hujjat, summa va xavf darajasini koʻrsatadi.

Nega bu hozir muhim

2026-yil 1-yanvardan ESF’larning xavf darajasi real vaqtda avtomatik baholanadi. 1C va ESF orasidagi farqni oy oxirida emas, darhol topish keyingi tekshiruvlarda vaqt va jarimadan saqlaydi.

Natija qayerda

Excel fayl kompyuteringizda saqlanadi. Kerak boʻlsa, xuddi shu natijadan Word yoki PDF hisobot ham tayyorlanadi.

Savollar

1C, bank koʻchirmasi va ESF. Ikki jadvalni yoki bir nechta tizimni birga solishtirish mumkin.

Dastur hisoblaydi va jami farqni qayta tekshiradi. AI faqat vazifani tushunadi.

Yoʻq, solishtirish faqat oʻqish.

Excel jadval. Kerak boʻlsa, Word yoki PDF.

Bogʻliq imkoniyatlar

30 daqiqada oʻz maʼlumotlaringizda koʻrsatamiz