Maxfiylik siyosati
Yangilandi: 18.11.20261. Umumiy qoidalar
Ushbu siyosat neurokey.uz sayti va NeuroKey ilovasi qanday maʼlumot yigʻishi, nimaga ishlatishi va qanday himoyalashini tushuntiradi.
2. Sayt qanday maʼlumot yigʻadi
Demo yoki taklif formasini toʻldirsangiz, siz kiritgan maʼlumot saqlanadi: ism, telefon raqami, kompaniya nomi, lavozim va izoh. Suiisteʼmolning oldini olish uchun soʻrov yuborilgan IP-manzil ham saqlanadi; bir IP-manzildan soatiga 5 tadan ortiq ariza qabul qilinmaydi.
Sayt cookie-fayllardan foydalanmaydi. Saytni yaxshilash uchun cookiesiz, anonim tashrif statistikasi yigʻilishi mumkin: qaysi sahifa ochilgani, qaysi saytdan kelingani va qurilma turi. U sizni shaxsan aniqlamaydi.
3. Formadagi maʼlumotdan foydalanish
Ariza maʼlumoti faqat siz bilan bogʻlanish, demo va taklif tayyorlash uchun ishlatiladi. U sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
4. Ilova qaysi maʼlumotni yuboradi
1C bazasi, Excel, Word va PDF fayllar, suhbatlar kompyuterda qoladi va yuklanmaydi.
AI bilan ishlash uchun matn NeuroKey serveri (ai.neurokey.uz) orqali yuboriladi. Yuborishdan oldin kontragent nomlari, shaxs ismlari, STIR/JShShIR, hisob raqamlari, karta, telefon va elektron pochta belgiga almashtiriladi. Summa va sanalar niqoblanmaydi.
Ekran rasmi (sozlamada yoqilgan boʻlsa) va ovozli buyruq server orqali niqoblanmagan holda oʻtadi. Ekran rasmini sozlamada oʻchirish mumkin.
Litsenziyani faollashtirishda litsenziya kaliti, qurilma identifikatori, kompyuter nomi va ilova versiyasi yuboriladi.
Sukut boʻyicha vazifa natijasi haqida matnsiz statistika yuboriladi: holat, vaqt, qadamlar soni, asbob nomlari va xato turi. Topshiriq matni, fayl nomlari va summalar yuborilmaydi. Buni sozlamada oʻchirish mumkin.
Telegram eslatmalari yoqilgan boʻlsa, eslatma matni serverda shifrlangan holda saqlanadi.
Har bir yuborilgan soʻrov ilovadagi «Maxfiylik» sahifasida koʻrinadi.
5. Foydalanuvchi huquqlari
Yuborgan arizangizni oʻchirishni yoki maʼlumotni tuzatishni soʻrashingiz mumkin. Buning uchun quyidagi aloqa kanallari orqali yozing.
6. Aloqa
Telegram @Neuro_Key, telefon +998 90 203 28 05, Toshkent.