Koʻp soʻraladigan savollar
Javob topilmasa, Telegram’da yozing: @Neuro_Key.
Barchasi
Buxgalter kompyuteriga oʻrnatiladigan AI-yordamchi (Windows). 1C, Excel, Word, Didox, Telegram va brauzer bilan buxgalter topshirigʻi asosida ishlaydi.
1C:Enterprise 8.3, Excel, Word, PDF, Didox (ESF), bank koʻchirmasi fayllari, Telegram, Outlook, Gmail, amoCRM, Bitrix24 va brauzer.
Ha. Oʻzbek, rus yoki ingliz tilida yozish yoki aytish mumkin.
Yoʻq. Raqamni dastur hisoblaydi, tayyor fayl qayta ochilib manba bilan solishtiriladi. Tekshiruvdan oʻtmagan ish muvaffaqiyatli deb belgilanmaydi.
Yoʻq. Fayllar kompyuteringizda qoladi.
Niqoblangan matnni: nomlar, STIR, hisob raqamlari va telefonlar belgiga almashtiriladi. Ekran rasmi (yoqilgan boʻlsa) va ovoz niqoblanmaydi.
Har bir soʻrov ilovadagi «Maxfiylik» sahifasida koʻrinadi.
Sukut boʻyicha vazifa natijasi haqida matnsiz statistika: holat, vaqt, qadamlar soni va asbob nomlari. Topshiriq matni, fayl nomlari va summalar yuborilmaydi. Sozlamada oʻchirish mumkin.
Narx dasturlar, korxonalar soni va vazifalarga bogʻliq, shuning uchun individual hisoblanadi.
Yoʻq. 7 kunlik sinov bepul, oʻrnatishda yordam beramiz.
Hisob-faktura asosida bank oʻtkazmasi orqali. Toʻlovdan keyin obunani menejer uzaytiradi.
Yoʻq. Windows 10/11 64-bit, 4 GB RAM (8 GB tavsiya), 1 GB disk va doimiy internet yetarli.
Kalit shartnoma bilan beriladi; sinov kalitini menejer demo paytida beradi.
AI ishlashi uchun internet kerak. Litsenziya internet boʻlmaganda ham 14 kungacha amal qiladi.