1C:Enterprise 8.3 bilan ishlash
Kerakli raqam uchun hisobot sozlash shart emas. NeuroKey 1C’dan maʼlumotni oʻqiydi, dastur hisoblaydi va natijani Excel, Word yoki PDF qilib beradi.
Har bir savol uchun yana bitta hisobot
Qoldiq yoki kontragent qarzini koʻrish uchun 1C’da hisobot ochiladi, sozlanadi, filtrlanadi va Excel’ga koʻchiriladi. Rahbar yangi savol bersa — hammasi boshidan.
Savolni oddiy tilda bering
NeuroKey kerakli maʼlumotni 1C’dan oʻqiydi, raqamlarni dastur hisoblaydi va tayyor faylni qayta ochib tekshiradi. 1C’ga yozish sozlamada alohida yoqiladi va har safar tasdiq soʻraydi.
Buyruq va natija
| KONTRAGENT | ДТ | КТ | QOLDIQ | HOLAT |
|---|---|---|---|---|
| Kontragent A | 12 400 000 | 12 400 000 | 0 | Yopilgan |
| Kontragent B | 3 750 000 | 3 570 000 | 180 000 | Qarz |
| Kontragent C | 8 000 000 | 0 | 8 000 000 | Toʻlanmagan |
| Kontragent D | 1 150 000 | 1 150 000 | 0 | Yopilgan |
Qanday ishlaydi
Buyruq yozasiz
Qaysi maʼlumot, qaysi davr — oddiy tilda.
1C’dan oʻqiladi
COM ulanish orqali yoki 1C oynasi bilan ekran orqali.
Dastur hisoblaydi
Jamlar va summalarni AI emas, dastur hisoblaydi.
Natija tayyor
Excel, Word yoki PDF fayl — qayta ochib tekshirilgan.
Batafsil
Nimalarni oʻqiydi
Kassa, toʻlovlar, tushumlar, sotuvlar, tovar qoldigʻi, kontragentlar boʻyicha qarzlar, oʻtkazilmagan hujjatlar va ОСВ. Natija Excel, Word yoki PDF koʻrinishida beriladi.
1C’ga yozish
Hujjat yaratish, oʻtkazish va Excel/CSV fayldan ommaviy import mavjud. Importdan oldin fayl sinov tarzida tekshiriladi. Yozish sozlamada alohida yoqiladi; har bir hujjatdan oldin turi, maydonlari va oʻtkazilish-oʻtkazilmasligi koʻrsatiladi va tasdiq soʻraladi. Xato boʻlsa, oxirgi yozuvni bekor qilish mumkin.
Ulanish
COM ulanish 1C:Enterprise 8.3 fayl bazasi bilan ishlaydi va sozlamada yoqiladi. COM yoqilmagan boʻlsa, NeuroKey 1C oynasida hisobotni ekran orqali ochadi. Konfiguratsiyangizni demo paytida tekshirib beramiz.
Savollar
1C:Enterprise 8.3 bilan. COM ulanish fayl bazasi bilan ishlaydi; aks holda NeuroKey 1C oynasi bilan ekran orqali ishlaydi.
Yoʻq. Baza kompyuteringizda qoladi. AI’ga faqat niqoblangan matn ketadi.
Faqat yozish yoqilgan boʻlsa va siz har bir hujjatni tasdiqlasangiz.