Koʻrsatib oʻrgatish
Har bir korxonaning oʻz dasturi va portali bor. Takroriy amalni bir marta koʻrsating — NeuroKey qadamlarni yozib oladi va keyingi safar oʻzi bajaradi.
Har bir tizim — oʻz tartibi
Bank portali, CRM yoki ichki dasturda bir xil amal har kuni qoʻlda bajariladi. Umumiy yordamchi bu tartibni bilmaydi.
Bir marta koʻrsating
«Oʻrgatish» rejimida amalni oʻzingiz bajarasiz, NeuroKey har bir qadamni yozib oladi. Keyin shu ishni bitta buyruq bilan topshirasiz. Bir xil ish ikki marta muvaffaqiyatli bajarilsa yoki siz tasdiqlasangiz, u «Oʻrganilgan usullar» roʻyxatiga tushadi va keyingi safar AI’siz, tezroq bajariladi.
Buyruq va natija
| QADAM | AMAL | HOLAT |
|---|---|---|
| 1 | Portalni ochish | Yozildi |
| 2 | Davrni tanlash | Yozildi |
| 3 | «Yuklab olish» tugmasi | Yozildi |
| 4 | Faylni papkaga saqlash | Yozildi |
Qanday ishlaydi
Oʻrgatishni boshlaysiz
Brauzer yoki dastur uchun.
Amalni bajarasiz
NeuroKey har bir qadamni yozib oladi.
Usul saqlanadi
Nom bilan, keyin qayta ishlatish uchun.
Bitta buyruq bilan
Keyingi safar NeuroKey oʻzi takrorlaydi.
Batafsil
Qayerda ishlaydi
NeuroKey brauzerida va Windows dasturlarida. Yozib olingan usullarni «Oʻrgatish» boʻlimida koʻrish va oʻchirish mumkin.
Xavfsizlik
Takrorlash paytida ham yuborish, oʻchirish va imzolash kabi qadamlar faqat tasdiq bilan bajariladi.
Savollar
Brauzerda yoki Windows dasturida takrorlanadigan amallarni.
Ha, ilovaning tegishli boʻlimida.
NeuroKey tasdigʻingizni soʻraydi.